Kasbi tumanida OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan seminar o`tkazildii
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kasbi tumanidagi Yoshlar markazida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. 👩⚕️ Seminarda yoshlar, xotin-qizlar va yosh nikohlanuvchilar ishtirok etdi. Unda OIV infeksiyasining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasallikning ijtimoiy oqibatlari hamda uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan muhim ma’lumotlar berildi. 👉 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom hayotga oid bilimlarni keng yoyish va OIV infeksiyasi haqida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirishdir.