Kitob tumani dehqon bozorida OITS bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori (“OIV infeksiyasiga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosini ta’minlash maqsadida, Kitob tumanidagi dehqon bozorida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🧪 Tadbir davomida fuqarolar o‘z ixtiyori asosida anonim tarzda tekshiruvdan o‘tdilar hamda profilaktika bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini oldilar. 👉 Bunday tadbirlar aholining sog‘lig‘ini asrash va OIV infeksiyasining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyat OITS markasi oiliy toifali ginekolog-shifokori N.Omonturdiyeva xomiladorlikda OIV yuqtirmaslik uchun o`z tavsiyalarini berdi
OIV infeksiyasi va homiladorlik OIV infeksiyasi — insonning immun tizimini zaiflashtiradigan, boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradigan virusli kasallikdir. Agar homilador ayol OIV bilan zararlangan bo‘lsa, virus bolaga uch xil yo‘l bilan yuqishi mumkin: Homiladorlik davrida (plasenta orqali), Tug‘ruq jarayonida (homilaning ona qoni yoki tashqi muhit bilan aloqasi orqali), Emizish paytida (ona suti orqali). 📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, OIV yuqtirgan ayollar vaqtida aniqlanib, to‘g‘ri davolansa, bolaga yuqish xavfi 30–45% dan 1–2%