Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining rasmiy veb sayti. Yangiliklarimizga obuna bo’ling!

So'nggi yangiliklar
a

Qashqadaryo-oits.uz

Viloyat OITS markasi oiliy toifali ginekolog-shifokori N.Omonturdiyeva xomiladorlikda OIV yuqtirmaslik uchun o`z tavsiyalarini berdi

OIV infeksiyasi va homiladorlik

OIV infeksiyasi — insonning immun tizimini zaiflashtiradigan, boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradigan virusli kasallikdir. Agar homilador ayol OIV bilan zararlangan bo‘lsa, virus bolaga uch xil yo‘l bilan yuqishi mumkin:

Homiladorlik davrida (plasenta orqali),

Tug‘ruq jarayonida (homilaning ona qoni yoki tashqi muhit bilan aloqasi orqali),

Emizish paytida (ona suti orqali).

📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, OIV yuqtirgan ayollar vaqtida aniqlanib, to‘g‘ri davolansa, bolaga yuqish xavfi 30–45% dan 1–2% gacha pasayishi mumkin.

O‘zbekistonda har bir homilador ayol 2 marta (hayotning 12–13 haftasi va 28–30 haftasida) OIV bo‘yicha majburiy skriningdan o‘tadi.