Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining rasmiy veb sayti. Yangiliklarimizga obuna bo’ling!

So'nggi yangiliklar
a

Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayotni targ‘ib qilish va xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etib kelinayotgan targ‘ibot tadbirida OITS va uning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘rtasida savol-javoblar va muhokamalar tashkil etildi. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berilib, targ‘ibot bukletlari tarqatildi.

Shu sana munosabati bilan yurtimizda, xususan viloyatimiz bo`ylab 1 noyabrdan 1 dekabrga qadar "Sog‘lom hayot sari birgalikda" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda Oylik doirasida aholi gavjum joylarda targ`ibot materiallari tarqatilmoqda, bepul express testlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, seminar, uchrashiv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang va aksiyada faol ishtirok eting❗️

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori (“OIV infeksiyasiga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosini ta’minlash maqsadida, Kitob tumanidagi dehqon bozorida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🧪 Tadbir davomida fuqarolar o‘z ixtiyori asosida anonim tarzda tekshiruvdan o‘tdilar hamda profilaktika bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini oldilar. 👉 Bunday tadbirlar aholining sog‘lig‘ini asrash va OIV infeksiyasining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

OIV infeksiyasi va homiladorlik OIV infeksiyasi — insonning immun tizimini zaiflashtiradigan, boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradigan virusli kasallikdir. Agar homilador ayol OIV bilan zararlangan bo‘lsa, virus bolaga uch xil yo‘l bilan yuqishi mumkin: Homiladorlik davrida (plasenta orqali), Tug‘ruq jarayonida (homilaning ona qoni yoki tashqi muhit bilan aloqasi orqali), Emizish paytida (ona suti orqali). 📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, OIV yuqtirgan ayollar vaqtida aniqlanib, to‘g‘ri davolansa, bolaga yuqish xavfi 30–45% dan 1–2%

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kasbi tumanidagi Yoshlar markazida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. 👩‍⚕️ Seminarda yoshlar, xotin-qizlar va yosh nikohlanuvchilar ishtirok etdi. Unda OIV infeksiyasining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasallikning ijtimoiy oqibatlari hamda uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan muhim ma’lumotlar berildi. 👉 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom hayotga oid bilimlarni keng yoyish va OIV infeksiyasi haqida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirishdir.