Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida shu yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi belgilangan.
📌 Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
📋 Ushbu hujjat ijrosi doirasida kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
⬇️ Unga ko‘ra 2026 yil 1 apreldan:
🕓 tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;
⏱️ zararli va xavfli sharoitlarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi;
⌛️ yuqori ruhiy va aqliy zo‘riqishli ishlar uchun ham 36 soatdan oshmaydi