Kitob tumani dehqon bozorida OITS bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori (“OIV infeksiyasiga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosini ta’minlash maqsadida, Kitob tumanidagi dehqon bozorida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🧪 Tadbir davomida fuqarolar o‘z ixtiyori asosida anonim tarzda tekshiruvdan o‘tdilar hamda profilaktika bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini oldilar.
👉 Bunday tadbirlar aholining sog‘lig‘ini asrash va OIV infeksiyasining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
