
OIV/OITS BU NIMA?
OIV (VICh) – Odam organizmidagi Immunitet Tanqisligini keltirib chiqaruvchi Virus. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta’sir qiladi.
OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
OIV-infeksiyasida odam organizmiga tushgan virus ta’siriga immunitet tizimi ma’lum darajada javob qaytaradi. Kasallik alomatlari deyarli bo‘lmaydi. Uni faqat laboratoriya tekshirishlari ko‘rsatadi. ARVT qabul qilmagan holatlarda organizmda kasallikning avj olish davri tezlashadi. Virus miqdori oshib, immun tizim sustlashib ikkilamchi kasalliklar rivojlanishi mumkin.
Shu vaqtdan OITS davri boshlangan hisoblanadi. Bu davr uchun xos bo‘lgan alomatlar yo‘q. Zeroki, bu davrda organizmda duch kelgan mikrob kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun bu davr tuzalishi qiyin bo‘lgan turli-tuman kasallik alomatlari bilan namoyon bo‘ladi.
Infektsiya yuqqan dastlabki davrlarda odam o‘zini sog‘lom his etishi mumkin. Bunday holat hech qanday alomatlarsiz 8-10 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu davrda odam sog‘lomdek ko‘rinsa ham, o‘zi bilmagan holda, kasallik virusini boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori.
Kasallik qaysi yo‘llar bilan yuqadi?
Virus infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklarning shahvatida, ayollarning jinsiy a’zolari ajratmalarida va ko‘krak sutida bo‘ladi. Shuning uchun virus asosan 3 xil yo‘l bilan yuqadi:
- Qon orqali (parenteral yo‘l)
- Jinsiy aloqa orqali
- Kasallik yuqtirgan onadan homilaga vertikal yo‘l bilan homiladorlik davrida (jarohatlangan yo‘ldosh orqali) homilaga, tug‘ruq jarayonida (tug‘ruq yo‘lida ona qoni orqali) va ona suti orqali chaqaloqqa yuqishi mumkin.
Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqdsadida OIV/OITS infeksiyasi, giyohvandlikning oldini olishga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy taqdiqot institutining Valeologiya bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rasulova, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining vrach – laboranti Dilbar Ermatova, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi Nargiza Babajanova, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi inspektori, kapitan Umidjon To‘ychievlar ishtirok etib, OITS mavzusidagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdilar.
Yig‘ilishda kasallikni yuqtirishning tasodifiy usullari ham uchrab turganligi ham aytib o‘tildi. Masalan, yig‘ilish ishtirokchisi Dilbar Ermatova, nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligini aytgan mutaxassislar gapiga parvo qilmasdan va kuyov tomondagilarning to‘yni tezlashtirishga bo‘lgan urinishlariga qarshi borolmay qiz uzatilganligini, qiz homiladorlik bo‘yicha qon namunasini topshirganida OIV virusi borligi va e’tiborsizligi tufayli hayotini xavfga qo‘yganini kech anglaganini, misol tariqasida keltirdi. OIV kasalligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lmaganligigimiz tufayli hayotimizni salbiy tomonga burilishiga olib kelayotganligi, takror va takror uqtirildi. “1 dekabr-Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”. Aslida, insoniyatga xavf solayotgan dardi-bedavo kasallik bilan har kuni har soatda kurashishimizni unutmasligimiz kerakligiga e’tibor qaratildi.

Yakkabog’
198 West 21th Street, Suite 721
New York NY 10010
Email: mail@example.com
Phone: +88 (0) 101 0000 000
Qamashi
198 West 21th Street, Suite 721
New York NY 10010
Email: mail@example.com
Phone: +88 (0) 101 0000 000
Chiroqchi
198 West 21th Street, Suite 721
New York NY 10010
Email: mail@example.com
Phone: +88 (0) 101 0000 000
Mirishkor
198 West 21th Street, Suite 721
New York NY 10010
Email: mail@example.com
Phone: +88 (0) 101 0000 000