Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumda talaba yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom hayot sari birgalikda” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayotni targ‘ib qilish va xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etib kelinayotgan targ‘ibot tadbirida OITS va uning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘rtasida savol-javoblar va muhokamalar tashkil etildi. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berilib, targ‘ibot bukletlari tarqatildi.
