
TIBBIY PROFILAKTIKA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–14-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitob tumanida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
📍 Jumladan, tuman dehqon bozori, Varganza qishlog‘idagi 15-sonli oilaviy poliklinika va go‘zallik salonlarida aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🔬 Aholiga bepul ekspress testlar taklif qilinib, ixtiyoriy tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
📢 Bunday tadbirlar aholining sog‘ligini muhofaza qilish, xastaliklarning erta aniqlanishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.