
Qarshi temir yo‘l vokzalida OIV infeksiyasi bo‘yicha targ’ibot ishlari olib borildi
Qarshi shahridagi temir yo‘l vokzalida aholi o‘rtasida OITS (OIV infeksiyasi)ning oldini olish, xavf omillari va profilaktika choralariga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.
👨⚕️ Mutaxassislar fuqarolarga:
OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari,
Uni oldini olish choralari,
Vaqtida tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.
📄 Shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot materiallari (buklet, flayer) tarqatilib, savollarga joyida javob berildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — OIV haqida to‘g‘ri bilim berish, noto‘g‘ri qarashlar va stigma oldini olish, fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat hissini oshirishdan iborat bo‘ldi.
📌Unutmang! Sog‘lom jamiyat — bu ogohlik va o‘z vaqtida profilaktikadan boshlanadi.