Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining rasmiy veb sayti. Yangiliklarimizga obuna bo’ling!

So'nggi yangiliklar
a

Author: Abdulatif Rizayev

Tuman aholisi, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Aholiga OIV infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari va profilaktikasi haqida ma’lumotlar berilib, ixtiyoriy ravishda tezkor ekspress testlari o‘tkazilmoqda. “OIV infeksiyasining oldini olish — o‘z salomatligingizga e’tiborli bo‘lishdan boshlanadi!” VSSB matbuot xizmati

Viloyat OITSga qarshi kurashish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan markaz xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi. Seminar davomida ovqatlanish, uyqu gigiyenasi va ruhiy salomatlik, shuningdek, “Tibbiy kitobxonlik klublarini yo‘lga qo‘yish” mavzularida fikr va mulohazalar almashildi. Tadbirda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ruhiy salomatlikni asrash, tibbiy bilimlarni muntazam oshirib borish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlandi. Qashqadaryo VSSB Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–14-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi shahridagi 521-safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida harbiy xizmatchilar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda aholining bu boradagi tibbiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–14-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Tibbiy volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi faollar zalida ma’rifiy QUIZ-viktorina tashkil etildi. Tadbirda “Javohir Med”, “Brosmed” va “Alfa Med” xususiy klinikalarining o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etib, OIV infeksiyasining oldini olish, profilaktikasi, xavf omillari hamda muloqotdan keyingi profilaktika masalalari bo‘yicha o‘z bilimlarini