Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida shu yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi belgilangan. 📌 Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. 📋 Ushbu hujjat ijrosi doirasida kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik
Matbuot anjumani o‘tkazildi
Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida tashkil etilgan matbuot anjumanida viloyat OITS markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–14-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan jurnalist va blogerlarga hisoboti taqdim etildi. 📌 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasining erta aniqlanishi, xavf omillari va zamonaviy profilaktika usullari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati
Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumda talaba yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom hayot sari birgalikda” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayotni targ‘ib qilish va xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etib kelinayotgan targ‘ibot tadbirida OITS va uning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘rtasida savol-javoblar va muhokamalar tashkil etildi. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berilib, targ‘ibot bukletlari tarqatildi.
QASHQADARYO AXBOROTI
OITSga qarshi targ‘ibot oyligi doirasida QDTUda profilaktika tadbirlari tashkil etildi.
1 Dekabr butunjahon OITSga qarshi kurash kuni! (video)
Shu sana munosabati bilan yurtimizda, xususan viloyatimiz bo`ylab 1 noyabrdan 1 dekabrga qadar "Sog‘lom hayot sari birgalikda" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda Oylik doirasida aholi gavjum joylarda targ`ibot materiallari tarqatilmoqda, bepul express testlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, seminar, uchrashiv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang va aksiyada faol ishtirok eting❗️
Kitob tumani dehqon bozorida OITS bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori (“OIV infeksiyasiga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosini ta’minlash maqsadida, Kitob tumanidagi dehqon bozorida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🧪 Tadbir davomida fuqarolar o‘z ixtiyori asosida anonim tarzda tekshiruvdan o‘tdilar hamda profilaktika bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini oldilar. 👉 Bunday tadbirlar aholining sog‘lig‘ini asrash va OIV infeksiyasining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.