Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining rasmiy veb sayti. Yangiliklarimizga obuna bo’ling!

So'nggi yangiliklar
a

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–14-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitob tumanida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. 📍 Jumladan, tuman dehqon bozori, Varganza qishlog‘idagi 15-sonli oilaviy poliklinika va go‘zallik salonlarida aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🔬 Aholiga bepul ekspress testlar taklif qilinib, ixtiyoriy tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. 📢 Bunday tadbirlar aholining sog‘ligini muhofaza qilish,

📌Qashqadaryo viloyati prokuroturasi va OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda Qarshi temir yo‘l vokzali va Qarshi xalqaro aeroportida aksiya tadbiri tashkil etildi. 🩸Unda o‘z oilasiga qaytib kelayotgan fuqarolarga OIV infeksiyasi haqida ma’lumotlar berildi, kasallikning yuqish yo‘llari va uning oldini olish choralariga oid tushuntirish ishlari olib borildi. 🔬Shuningdek, fuqarolar bepul ekspress usulda OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi.