Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining rasmiy veb sayti. Yangiliklarimizga obuna bo’ling!

So'nggi yangiliklar
a

Yangiliklar

Viloyat OITS markasi oiliy toifali ginekolog-shifokori N.Omonturdiyeva xomiladorlikda OIV yuqtirmaslik uchun o`z tavsiyalarini berdi

OIV infeksiyasi va homiladorlik OIV infeksiyasi — insonning immun tizimini zaiflashtiradigan, boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradigan virusli kasallikdir. Agar homilador ayol OIV bilan zararlangan bo‘lsa, virus bolaga uch xil yo‘l bilan yuqishi mumkin: Homiladorlik davrida (plasenta orqali), Tug‘ruq jarayonida (homilaning ona qoni yoki tashqi muhit bilan aloqasi orqali), Emizish paytida (ona suti orqali). 📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, OIV yuqtirgan ayollar vaqtida aniqlanib, to‘g‘ri davolansa, bolaga […]

Kasbi tumanida OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan seminar o`tkazildii

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-14-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kasbi tumanidagi Yoshlar markazida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. 👩‍⚕️ Seminarda yoshlar, xotin-qizlar va yosh nikohlanuvchilar ishtirok etdi. Unda OIV infeksiyasining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasallikning ijtimoiy oqibatlari hamda uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan muhim ma’lumotlar berildi. 👉 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom hayotga oid bilimlarni keng yoyish va OIV infeksiyasi haqida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirishdir.   […]

«BIZ YOSHLAR OITSGA QARSHIMIZ!» MAVZUSIDA SEMINAR O’TKAZILDI

Qarshi temir yo‘l vokzalida OIV infeksiyasi bo‘yicha targ’ibot ishlari olib borildi

Qarshi shahridagi temir yo‘l vokzalida aholi o‘rtasida OITS (OIV infeksiyasi)ning oldini olish, xavf omillari va profilaktika choralariga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi. 👨‍⚕️ Mutaxassislar fuqarolarga: OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, Uni oldini olish choralari, Vaqtida tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. 📄 Shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot materiallari (buklet, flayer) tarqatilib, savollarga joyida javob berildi. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — OIV haqida to‘g‘ri bilim berish, noto‘g‘ri qarashlar va stigma oldini olish, fuqarolarda […]

TIBBIY PROFILAKTIKA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–14-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitob tumanida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. 📍 Jumladan, tuman dehqon bozori, Varganza qishlog‘idagi 15-sonli oilaviy poliklinika va go‘zallik salonlarida aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🔬 Aholiga bepul ekspress testlar taklif qilinib, ixtiyoriy tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. 📢 Bunday tadbirlar aholining […]

Qarshi temir yo‘l vokzali va aeroportida OIVga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

📌Qashqadaryo viloyati prokuroturasi va OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda Qarshi temir yo‘l vokzali va Qarshi xalqaro aeroportida aksiya tadbiri tashkil etildi. 🩸Unda o‘z oilasiga qaytib kelayotgan fuqarolarga OIV infeksiyasi haqida ma’lumotlar berildi, kasallikning yuqish yo‘llari va uning oldini olish choralariga oid tushuntirish ishlari olib borildi. 🔬Shuningdek, fuqarolar bepul ekspress usulda OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi.

ўз бахтингни хатарга қўйма…

https://youtu.be/crNJRivEJHA

https://youtu.be/zf_9kF8SDT4

OITS yuqmasligi uchun nima qilish kerak